Saytdan foydalanish shartlari

Siz saytga kirish va undan foydalanish bilan quyidagi shartlar va qoidalarga roziligingizni bildirasiz:

Noqonuniy harakatlar

Sayt xizmatlaridan foydalangan holda amaldagi qonunchilikka zid keluvchi matnlar ustida ishlash man etiladi. Shu jumladan:

  • Amaldagi konstitutsion tuzumni ag‘darishni, mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazishni ko‘zlagan matn
  • Millatlar yoki diniy konfessiyalar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga, u yoki bu guruhni kamsitishga, odamlarning milliy, diniy, irqiy yoki boshqa belgisiga ko‘ra qadriyatlarini oyoqosti qilishga qaratilgan matn
  • Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, boshqalarning joniga yoki mulkiga zarar yetkazishga undovchi matn
  • Giyohvand moddalar, qurol-yarog‘, pornografiya yoki amaldagi qonunda man qilingan boshqa vositalarni targ‘ib qilishni, ulardan foydalanishni, ular savdosini yoki tarqatilishini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi matn
  • Pornografik mazmundagi yoki omma ma’naviy salomatligiga zarar yetkazuvchi boshqa axloqsiz mazmundagi matn

Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi

Foydalanuvchi saytda ishlov bergan matn to‘laligicha yoki qisman sayt tomonidan saqlab qolinmaydi.

Foydalanuvchining saytdagi amallari, ishlov bergan matni kuzatuv va analitika xizmati (Yandex Metrika) tomonidan saqlab qolinadi. Ushbu saqlab qolingan ma’lumotlar asosida, sayt ma’muriyati istalgan paytda istalgan foydalanuvchining xatti-harakatlarini kuzatishi, u ishlov bergan matn mazmuni bilan tanishishi mumkin. Ushbu rejalashtirilmagan tahlillar sayt ishini yana-da yaxshilash, dasturiy yoki dizayn xatolarini bartaraf etish, foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlikni aniqlash uchungina amalga oshiriladi.